
U-20 Osiyo kubogining birinchi yarim finali doirasidagi Saudiya Arabistoni - Koreya Respublikasi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvni oʻzbekistonlik Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishdi.
Asosiy va qoʻshimcha taymlarda hisob ochilmadi, gʻolib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida Saudiya Arabistoni terma jamoasi omadliroq boʻldi va finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Chorak finalda Oʻzbekistonni penaltilar seriyasida magʻlub etgan Koreya Respublikasi esa yarim finalda toʻxtashga majbur boʻldi.
U-20 Osiyo kubogi, yarim final
Saudiya Arabistoni - Koreya Respublikasi 0:0 (penaltilar seriyasi 3:2)
26.02.2025. Shenjen, "Shenjen yoshlar futbol mashgʻulot bazasi" stadioni.
Saudiya Arabistoni: 22.Hamed Abdullah Yusef, 6.Solih Al Barnavi, 9.Talal Hoji (23.Tamer Fathi Al Haybari, 79), 11.Saad Haqavi, 12.Navaf Abdulah Al Gulaymish, 13.Bassam Abdullah Hazazi, 14.Farhah Al Shamroni, 15.Amar Hamid Al Yuhaybi (7.Ali Xayrallah Al Mahdavi, 101), 16.Saud Mahmud Al Tumbikti, 17.Hussayn Al Raqvani (18.Ramiz Zaid Al Attar, 61), 19.Avad Muhsin Aman.
Zaxira: 1.Abdulloh Said Al Gamdi, 2.Sulton Abdulaziz, 3.Turki Al Madani, 20.Abdulmalik Al Harbi, 21.Abdularhmon Al Gamdi.
Koreya Respublikasi: 23.Xon Syonmin, 2.Bae Xyunseo (11.Kan Juxeok, 118), 6.Kim Xojin, 7.Son Syonmin, 8.Sun Shin (13.Li Changvu, 98), 9.Xa Jeongvu (5.Kim Geol, 56), 12.Pak Seungnsu (22.Yun Duyong, 46), 14.Baek Minyu (15.Li Geonxi, 98), 16.Kim Seojin, 17.Jin Tayexo (10.Kim Taevun, 56), 20.Shin Minxa.
Zaxira: 1.Pak Sanyun, 21.Kim Minsu, 3.Shim Eonvon, 4.Cho Xeonu, 18.Li Echan, 19.Kim Xyunvu.
Ogohlantirishlar: Avad Muhsin Aman 9, Farhah Al Shamrani 87, Shin Sung 90+2. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar