
«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl Ulsda yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomini qo‘lga kiritdi. Beyl bu nomga qatorasiga 4-marta va oxirgi 7 yilda oltinchi marta erishmoqda.
Beyl 2016 yilda «Real» bilan chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi va Uels terma jamoasi bilan Evro-2016 yarimfinaliga chiqdi.
«Uelsning yil o‘yinchisi bo‘lish - men uchun katta sharaf. Hammaga katta rahmat» , deb yozdi Beyl o‘z tvitterida.
Ma’lumot uchun, «Stok Siti» yarim himoyachisi Jo Allen bu mukofotga 2 marta ega chiqqan. G‘olib futbolchilar va muxlislar ovoz berishi orqali aniqlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar