
Benfika va Barselona o‘rtasidagi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi ilk o‘yinining birinchi bo‘limi jangovar ruhda o‘tdi. Hozircha hisob ochilmadi, ammo maydonda keskinlik yetarlicha. Eng muhim voqealardan biri - Barselona futbolchisi Pau Kubarsi 22-daqiqada qizil kartochka olib, kataloniyaliklarni 10 kishi qoldirdi.
Statistikaga ko‘ra, Benfika raqib darvozasi tomon 11 ta zarba yo‘lladi, ulardan 3 tasi aniq bo‘ldi. Barselona esa 8 ta zarba berib, 4 tasini aniq yo‘lladi. Barcha raqamlarda Barselona to‘p nazoratini saqlab qolgan – 60% to‘pga egalik qildi. Shuningdek, Benfika 4 ta burchak zarbasi amalga oshirdi, Barselona esa atigi 2 ta.
Ikkinchi bo‘limda qizil kartochkadan keyin vaziyat qanday o‘zgarishi futbol ishqibozlari uchun qiziq bo‘lishi aniq! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar