16:44 / 08.03.2025
3 686

«Nottingem Forest» va «Manchester City» uchrashuvi uchun asosiy tarkiblar e’lon qilindi

«Nottingem Forest» va «Manchester City» uchrashuvi uchun asosiy tarkiblar e’lon qilindi
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida «Nottingem Forest» o‘z maydonida «Manchester City»ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan har ikkala jamoa o‘z asosiy tarkiblarini e’lon qildi.

«Nottingem Forest» bosh murabbiyi Nuno jamoasini 4-2-3-1 taktik tizimida maydonga tushiradi. Darvozada – Mats Sels, himoyada – Ola Aina, Nikola Milenkovich, Murilo dos Santos va Neko Uilyams. Yarim himoyada – Dominges, Anderson, Elanga, Gibbs-Uayt va Xadson-Odoi. Hujumda esa Kris Vud harakat qiladi.

«Manchester City» ham huddi shu 4-2-3-1 tizimida o‘ynaydi. Darvozabon – Ederson. Himoya chizig‘ida – Gvardiol, Diyash, Husanov va Nunes. Yarim himoyada – Bernardo Silva, Savinyo, Gonsales va Foden. Hujumda esa Jeremi Doku va Erling Holand o‘ynaydi.

Uchrashuv bugun soat 17:30da start oladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport