
UFC prezidenti Dana Uayt Rossiyada musobaqalar tashkil qilish masalasi haqida o‘z fikrini bildirdi. Unga ko‘ra, bu jarayonga ikki katta siyosiy arbob – AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’sir ko‘rsatadi.
"UFC janglarini Moskva yoki Sankt-Peterburgda o‘tkazishimiz mumkin. Biroq buni amalga oshishi Donald Tramp va Vladimir Putinga bog‘liq. Nimani nazarda tutganimni tushungandirsiz", – dedi Uayt "Ushataika" YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Bu bayonot UFC vakillari Rossiyada katta musobaqalar o‘tkazish borasida muayyan to‘siqlarga duch kelishi mumkinligini anglatadi. Qayd etish joizki, UFC avval ham Moskvada turnir tashkil qilgan va Rossiyalik jangchilar promoushenda katta muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, UFC ning oxirgi katta turniri – "UFC 313" AQSHda bo‘lib o‘tdi. Hozircha promoushenning Rossiyada yana bir turnir tashkil etishi borasida rasmiy qaror qabul qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar