Shon Striklend mashhur insayderni yer bilan bitta qildi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- UFC sobiq chempioni Shon Striklend va mashhur insayder Ariel Xelvani o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarda keskin janjal yuz berdi.
- Mojaro Xelvani Striklendning UFC'dan kam maosh olishidan nolishi noo‘rinligini ta’kidlaganidan so‘ng boshlandi, chunki u shartnomani o‘z ixtiyori bilan imzolagan.
- Striklend esa javoban Xelvanini noxolislikda, «zuluk»likda va shaxsiy adovatda aybladi.
- Bu tortishuv MMA olamida jangchilarning gonorarlari masalasini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.
Taniqli sport insayderi va jurnalist Ariel Xelvani hamda UFC sobiq chempioni Shon Striklend o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarda keskin dahanaki jang yuz berdi. Mojaro Xelvanining Striklend UFC tomonidan taklif etilgan kam maoshdan nolishi noo‘rin ekanini va u shartnomani o‘z ixtiyori bilan imzolaganini ta’kidlashidan so‘ng avj oldi.
Bunga javoban amerikalik jangchi jurnalistni xolislikni yo‘qotganlikda, «zuluk»likda va shaxsiy adovatda ochiq aybladi.
Xelvani: «Sen shartlarga rozi bo‘lib imzo chekding, kuch baribir UFC qo‘lida»
Ariel Xelvani o‘z chiqishida jangchilarning moliyaviy ahvoli va Striklendning qaroriga quyidagicha baho berdi:
Maosh masalasi va shaxsiy tanlov: «Striklendni kam maosh olayotganidan xafa bo‘lgani uchun aslo ayblamayman. Menimcha, barcha jangchilarga ko‘proq haq to‘lanishi kerak. Ammo oxir-oqibat u baribir UFC bilan yangi bitimni imzoladi»;
Shartnoma mas’uliyati: «Shuning uchun ham bu yerda unga achinadiganlar kam. Shon, sen shartlarga rozi bo‘lding, imzo chekding. Bilamizki, butun kuch UFC tomonda. Endi sen shartnomani qayta ko‘rib chiqishni talab qila olmaysan. Hatto bitta g‘alabadan keyin ham ketib qola olmaysan!» — dedi Xelvani.
Striklendning keskin javobi: «Ariel — Dana aytgandek zuluk»
Ochiq va keskin bayonotlari bilan tanilgan Shon Striklend insayderning tanqidiga o‘ta keskin va hissiyotlarga boy tarzda javob qaytardi:
Shaxsiy nafrat: «Jin ursin, Arieldan nafratlanaman. Isroilni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatganimdan beri u mening birinchi raqamli dushmanimga aylandi...»;
Noxolislik ayblovi: «Xelvani, sen internetdagi eng noxolis insonsan»;
Dana Uaytning eski gapi: «Arielga duch kelsang, uning zuluk ekanini darhol tushunasan. Dana Uayt buni birinchi kundayoq aytgan edi», — deya fikrini yakunladi jangchi.
MMA olamining ikki mashhur vakili o‘rtasidagi bu tortishuv muxlislar o‘rtasida katta shov-shuv keltirib chiqardi va UFC'dagi jangchilar gonorarlari mavzusini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.































Izohlar 0
…