01:16 / 11.03.2025
25

"Al-Nasr" "Istiqlol"ni taslim etdi – yirik g‘alaba!

"Al-Nasr" "Istiqlol"ni taslim etdi – yirik g‘alaba!
Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida "Al-Nasr" o‘z maydonida "Istiqlol"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi. Birinchi o‘yindagi 0:0 hisobidan keyin saudiyaliklar javob bahsida barcha savollarga javob berishdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Jon Dyuran "Al-Nasr"ni oldinga olib chiqdi. 27-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu penaltidan aniq zarba berib, jamoasining ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘limda ham maydon egalari faol harakat qildi va 84-daqiqada Dyuran yana bir bor gol urdi.

"Al-Nasr" butun o‘yin davomida ustunlik qildi – 22 ta zarba, to‘pga egalik qilish 68% va 90% aniq paslar bilan raqibni jazoladi. "Istiqlol" esa 45+2-daqiqada bir kishi kam qoldi va muxolifat ko‘rsatolmadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport