O‘zbekiston U-21 va U-19 terma jamoalari IHF Kubogida yarim finalga yo‘l oldi

1 daqiqa o'qish3K
O‘zbekiston U-21 va U-19 terma jamoalari IHF Kubogida yarim finalga yo‘l oldi
Kosovoning Prishtina shahrida gandbol bo‘yicha U-19 o‘smirlar va U-21 yoshlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Xalqaro gandbol federatsiyasi (IHF) kubogi qit’alararo bosqichining guruh o‘yinlari yakunlandi. Musobaqada O‘zbekiston U-21 va U-19 terma jamoalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim finalga chiqishdi.

U-21: O‘zbekiston – Ruanda

U-21 yoshlar terma jamoasi “B” guruhida Ruandaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning ilk bo‘limida sharqiy Afrika vakillari ustunlikka ega bo‘lib, 18:20 hisobi qayd etildi. Ikkinchi bo‘limda ham Ruanda jamoasi tashabbusni qo‘ldan chiqarmadi va natijada uchrashuv 40:32 hisobida ularning foydasiga yakunlandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-21 terma jamoasi guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, yarim finalga yo‘l oldi. Endi hamyurtlarimiz final yo‘llanmasi uchun “A” guruhining yetakchisi Bolgariyaga qarshi kurash olib boradi.

U-19: O‘zbekiston – AQSH

U-19 o‘smirlar jamoasi esa “B” guruhida AQSH termasi bilan kuch sinashdi. Guruhda birinchi o‘rinni aniqlash uchun kechgan keskin to‘qnashuvda jamoalar tengma-teng kurash olib borishdi. Birinchi bo‘limda 15:15 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston o‘smirlari bir ochko farqi bilan g‘alaba qozonib, 33:32 hisobida zafar quchishdi.

Bu natija U-19 terma jamoamizni yarim finalga olib chiqdi. Endilikda o‘smir gandbolchilarimiz Nigeriya jamoasi bilan final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.

Yo‘llanmalar va final o‘yinlari

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, 15-16 mart kunlari yarim final, uchinchi o‘rin uchun bahslar hamda final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Har ikki yosh toifasida g‘olib chiqqan jamoalar joriy yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoalarining ushbu muvaffaqiyatlari mamlakatimiz gandboli uchun muhim bosqich hisoblanadi. Yarim finalda hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz!
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?