Toshkentda yurgan Abduqodir Husanovni Angliyada esga olishdi!

2 daqiqa o'qish60.5K
Toshkentda yurgan Abduqodir Husanovni Angliyada esga olishdi!
“Manchester Siti” so‘nggi yillarda Angliya futbolining gegemoniga aylanib qolganiga hech qanday shubha yo‘q. Jamoaning tarixiy natijalarida 2017 yildan beri darvozani munosib qo‘riqlab kelayotgan Edersonning xizmatlari ham katta.

Biroq joriy mavsumning birinchi yarmida yuzaga kelgan inqiroz “Manchester Siti”ning ketma-ket besh marotaba Angliya chempioni bo‘lish orzusini armonga aylantirdi. Shundoq ham Angliya chempionatlari tarixida Xosep Gvardiola shogirdlaridan boshqa hech kim Premyer-ligada qatorasiga to‘rt marotaba g‘olib chiqmagan.

Nailoj, “shaharliklar” o‘z rekordlarini yana bir karra yaxshilab qo‘yish imkoniyatini qo‘ldan chiqarib bo‘lgan.

Noyabr va dekabr oylarida ro‘y bergan pasayish ortidan ancha toliqqan, jarohatlardan aziyat chekayotgan va yoshi o‘tib qolgan tarkibga zudlik bilan yangi “qon quyish”ni talab etardi. Ana shu maqsadda “Manchester Siti” qishki transferlar vaqtida 181,5 million funt sarflab, o‘z safiga Abduqodir Husanov, Umar Marmush, Niko Gonsales va Vitor Reysni qo‘shib oldi.

Ayni paytda “Siti”ning asosiy nishoni – kelasi mavsum uchun Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdan iborat. “Shaharliklar” yetakchisi Ederson yanvardagi transferlar bu boradagi rejalarni amalga oshirishda jamoaga juda qo‘l kelayotganini alohida e’tirof etdi.

- Bu mavsum jamoada anchadan beri o‘ynayotgan futbolchilar uchun juda boshqacha o‘tyapti. Ayniqsa, avvalgi mavsumda erishgan natijalarimizga taqqoslasak, bu mavsumning umuman boshqacha kechayotgani yanada aniq ko‘rinadi. Jarayon juda qiyin davom etmoqda, jarohatlar ko‘p, individual harakatlarimiz ham avvalgidek zo‘r chiqqani yo‘q.

Bu futbol. Unda har doim ham o‘zingni eng yaxshi tomondan ko‘rsata olmaysan. Bu jamoaviy sport turi, bir kishi yetarli darajada ishlamasa ham, oqibati darrov bo‘y ko‘rsatadi. Joriy mavsumda yaxshi holatdan ko‘ra salbiysiga ko‘p duch keldik.

Biroq mana shunday og‘ir mavsumda ham beshinchi o‘rinda boryapmiz va Yevropa Chempionlar ligasiga chiqish uchun kuchli to‘rtlikka kirishga kurashyapmiz. Premyer-ligada g‘olib chiqish imkonini qo‘ldan chiqarib bo‘ldik, endi Chempionlar ligasi va Angliya kubogi uchun harakat qilishimiz shart.

Mana shunday o‘zgacha davrda yanvardagi transferlar “Siti”ga yangi toza havo olib kirdi. Hammasi ijobiy kechdi. Bizda jarohatlar ko‘payib ketgani bois, tarkibni kuchaytirish ehtiyoji bor edi. O‘yinlar soni ko‘p va jarohatlanish ehtimoli 100 foizga oshgan.

Yangi kelgan o‘yinchilardan Abduqodir Husanov ajoyib futbolchi ekan, kelishi bilan juda zo‘r o‘ynab ketdi.

Bundan tashqari, Niko Gonsales eng muhim pozitsiyaga olib kelindi, uning vazifasi hujum yaratish va raqib hamlasini to‘xtatishdan iborat. Umar Marmush qo‘shimcha energiya bag‘ishladi. Vitor Reys ham kelajagi porloq katta iste’dod egasi ekanini bildik.

Men yangi o‘yinchilarning barchasi, xususan klubga qaytgan Klaudio Echeverrining jamoada ekanidan juda mamnunman. Bu futbolchilarning taklif etilishi kelajakka qaratilgan rejalar amalga kiritilayotganidan dalolat beradi, - dedi Ederson.

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tganidan beri Angliya Premyer-ligasi, Angliya kubogi va Yevropa Chempionlar ligasida jami 8 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.

Ayni paytda Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionati mintaqaviy saralash turnirida rasmiy uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan 21 yoshli markaziy himoyachining Transfermarkt portalidagi narxi 35 million yevroga ko‘tarildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?