
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi maydonga chiqadi.
Keyingi bahs Tehronda Eronga qarshi bo‘lib o‘tadi. Aynan shu ikki o‘yinda qo‘lga kiritiladigan g‘alaba terma jamoamizni mundialga juda yaqinlashtiradi. Mazkur o‘yinlar oldidan sobiq futbolchi San’at Shixovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Terma jamoamizdan birinchi navbatda hujumkor o‘yin kutmoqdaman, chunki ayni paytda barcha legionerlarimiz o‘zining optimal formasida. O‘ylaymanki, oldindagi ikki uchrashuvda g‘alaba qozona olamiz. Faqatgina fikrni bitta joyga qo‘yib diqqatni yo‘qotmaslik kerak. Xudo xohlasa, ikkita o‘yindan keyin Jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilamiz.
Fikrimcha, katta o‘zgarishlar ko‘rmaymiz. Lekin hujumkorlik va to‘p nazorati yaxshilansa kerak. Qisqa fursatda nimanidir o‘zgartirish imkonsiz. Mayda detallar, standartlar, himoyadan hujumga chiqishdagi harakatlarni o‘zgartirish mumkin. Deyarli barcha futbolchilar Kapadze bilan avval ham ishlagan va murabbiyning talablarini yaxshi bilishadi. Muhimi hozirda hamma yigitlar formada. Hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Bu futbolchilarimiz vazifani uddasidan chiqishadi. Asosiysi o‘yin tempini belgilab beradigan futbolchilarimiz o‘zining optimal holatida. Shuning o‘zi yetarli bo‘lishi kerak", - deydi San’at Shixov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar