Timur Kapadze bugungi Eronga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?

1 daqiqa o'qish13.2K
Timur Kapadze bugungi Eronga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?
O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasidagi Eron (2:2) bilan o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida qatnashdi.

"Avvalo, Eron terma jamoasini jahon chempionatiga yo‘llanma olgani bilan tabriklayman va ularga ushbu musobaqada muvaffaqiyat tilayman. O‘yin qiziqarli va hayajonli bo‘ldi, ikkala jamoa ham imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Natija adolatli bo‘ldi deb o‘ylayman. Eronni yengishimiz ham mumkin edi, ammo bu amalga oshmadi. Endi biz keyingi o‘yin haqida o‘ylaymiz va saralashdan o‘tishga harakat qilamiz.

Ushbu ajoyib o‘yin uchun shogirdlarimga va stadionga tashrif buyurgan o‘zbekistonlik muxlislarga minnatdorchiligimni bildiraman. O‘zbekiston xalqi jahon chempionatiga munosib va men ularga duolari uchun tashakkur aytaman. Biz keyingi o‘yinda kerakli natijaga erishishga harakat qilmoqdamiz.

Muxlislarning qo‘llab-quvvatlovi va yaxshi tilaklar uchun yana bir bor minnatdorchiligimni bildiraman. Jahon chempionatiga chiqqanimizdan so‘ng ham O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi bo‘lib qolishga umid qilaman", — dedi Timur Kapadze.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?