Sergey Fomin Turkiyadagi tennis musobaqasida chempionlikni qo‘lga kiritdi

1 daqiqa o'qish884
Sergey Fomin Turkiyadagi tennis musobaqasida chempionlikni qo‘lga kiritdi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan xalqaro tennis musobaqasida hamyurtimiz Sergey Fomin yakkalik bellashuvlarida ham zafar quchdi. Bu uning xalqaro tennis arenasidagi navbatdagi muvaffaqiyati bo‘ldi.

Mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Sergey Fomin musobaqaning yakkalik finalida Ruminiya vakili Gabriel Getuga qarshi kortga chiqdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda Fomin o‘z mahorat va irodasini namoyon etib, 6:7, 6:4, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu muvaffaqiyat uchun u 2160 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti hamda 15 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.

E’tiborli jihati, Sergey Fomin musobaqaning juftlik bahslarida ham zafar quchgan edi. U neytral maqomdagi tennischi Daniil Golubev bilan juftlikda ishtirok etib, ushbu yo‘nalishda ham bosh sovringa ega chiqdi.

Tennis muxlislari uchun quvonchli yangiliklar bundan iborat emas. Joriy haftada ham Sergey Fomin Antaliya shahrida davom etadigan M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda qatnashadi. Ushbu musobaqada uning ilk raqibi Germaniya vakili Tom Gench bo‘lishi kutilmoqda.

Hamyurtimizning keyingi bellashuvlarida ham muvaffaqiyat qozonishiga va o‘zining yuqori natijalarini davom ettirishiga ishonch bildirib qolamiz.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?