
Bugun tungi asosiy futboli — Italiya A seriyasining 32-turidan o‘rin olgan “Roma” – “Latsio” derbisi. Ikki rimlik jamoa doimo o‘ziga xos shiddat va intriga bilan o‘tadigan bu to‘qnashuvda o‘zbek muxlislari uchun asosiy savol: Eldor Shomurodov asosiy tarkibda bormi?
“Sky Sports” taxminiy tarkibni e’lon qildi
“Sky Sports” nashrining xabar berishicha, Eldor Shomurodov ushbu uchrashuvni zaxirada boshlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov oxirgi turda “Yuventus”ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, darvozani ishg‘ol qilgandi. Shu bilan u jamoaga muhim ochko olib kelgan futbolchi sifatida e’tirof etilgan edi.
Shomurodov “Latsio”ga qarshi avval gol urganmi?
Ha. Eldor Shomurodov sobiq klubi “Jenoa” safida “Latsio”ga qarshi o‘yinda to‘p kiritgan. Ammo o‘sha o‘yinda “Jenoa” 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Derbi qachon boshlanadi?
Mazkur derbi Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi. “Roma” Yevropa chempionlar ligasi uchun kurashayotgan bo‘lsa, “Latsio” ham yuqori pog‘onalar uchun imkoniyat izlamoqda.
Bir narsa aniq: Shomurodov zaxirada bo‘lsa ham, u derbini o‘zgartirishga qodir futbolchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!