“Paxtakor” kiyinish xonasida Jahongir Ortiqxo‘jayev futbolchilarga ehtirosli chiqish qildi (video)

1 daqiqa o'qish8.8K
“Paxtakor” kiyinish xonasida Jahongir Ortiqxo‘jayev futbolchilarga ehtirosli chiqish qildi (video)
“Paxtakor” klubi rahbari Jahongir Ortiqxo‘jayev Farg‘onadagi “Neftchi” ustidan qozonilgan yirik 4:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoa kiyinish xonasiga tashrif buyurib, futbolchilarga samimiy va ta’sirli so‘zlar yo‘lladi.

Uning so‘zlari videokadrlar orqali internetda tarqaldi va jamoa ichidagi ruh, muhit va qaynoq his-tuyg‘ularni yana bir bor namoyon etdi.

“Bugun klassikani ko‘rdik — bu super g‘alaba!”

“Bugun klassikani ko‘rdik-a, rostakasi. Super pobeda! Neprosto tak, ideal emas — superpobeda! Molodsi, bor bo‘llaring! Raxmat hammalaringga!” — dedi Ortiqxo‘jayev ruhlangan holda.

Prezident futbolchilarning mehnati va maydondagi harakatini yuqori baholar ekan, ularni faxr bilan maqtadi.

“Bo‘ldi, nimadan qo‘rqasanlar?! Chempion bo‘lamiz, Xudo xohlasa!”

Jahongir Ortiqxo‘jayev chiqish davomida futbolchilarni yanada yuqori maqsadlarga ilhomlantirdi:
“Tushunmadim, qanday o‘ynadilaring birinchi taymda, tushunmadim. Bo‘lar ekan-ku, o‘ynasa! Chempion bo‘lamizmi?! Ko‘zlaring yetyaptimi?! Bo‘ldi, nimadan qo‘rqasanlar! Chempion bo‘lamiz, Xudo xohlasa!”

U jamoani mag‘lubiyatdan keyin tushkunlikka tushmaslikka, g‘alabalarga ishonishga va doimo katta maqsadlar sari intilishga chaqiradi.

“Men hayotimda hech kimni bunday so‘kmaganman...”

Ortiqxo‘jayev o‘z so‘zlarida o‘tgandagi tanqidlarni eslab, ularni qaytadan takrorlashni xohlamasligini ta’kidladi:
“Men hayotimda hech kimni bunday so‘kmaganman. Birinchi marta bo‘ldimi, oxirgisi bo‘lsin, bo‘ladimi, yigitlar?”

Bu so‘zlar orqali u jamoa ichida faqat ijobiy ruhiyat va birdamlikni ko‘rishni xohlashini ko‘rsatdi.

“Muxlislar qanday ehtirom bilan kuzatdi — ko‘rdingizlar!”

Jamoa g‘alabadan so‘ng Farg‘onadagi muxlislar tomonidan burg‘uli ehtirom bilan kuzatib qo‘yilgani ham klub rahbarining diqqat markazida bo‘ldi:
“Bugun eng katta raqibni urdilaring — o‘z maydonida. Muxlislarga ham raxmat. Ko‘rdilaring-ku, sizlarni qanday pochyot bilan kuzatib qo‘yishdi.”

Siz nima deb o‘ylaysiz — “Paxtakor” jamoasining bu kabi ruhiy ko‘tarinkiligi chempionlikka yetadimi? Prezidentning so‘zlari jamoaga motivatsiya bo‘ladimi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?