
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri Kevin De Bryuynening shartnomasi uzaytirilmaganiga oid vaziyatga izoh berishni istamadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq belgiyalik yarim himoyachi klubning u bilan yangi kelishuv tuzmaganidan juda hayratlanganini ma’lum qilgan edi.
«Men bu masala yuzasidan avval ham fikrimni bildirganman. Sabablarni yana bir bor tushuntirib o‘tirishni istamayman», — dedi Gvardiola jurnalistlar bilan o‘tgan matbuot anjumanida.
Avvalroq ispaniyalik mutaxassis Kevin De Bryuyne bilan yangi shartnoma tuzilmaslik haqidagi qarorni klub rahbariyati qabul qilganini va bu futbolchining shaxsiy xohishiga bog‘liq emasligini aytgan edi.
Ma’lumki, 33 yoshli De Bryuyne bu mavsum so‘ngida «Manchester Siti»ni tark etadi. U «shaharliklar» safiga 2015 yilda kelib qo‘shilgan va shu davr mobaynida jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri sifatida ko‘plab yutuqlarga erishgan. Hozirgacha futbolchi barcha musobaqalar doirasida «Manchester Siti» tarkibida 417 ta uchrashuvda maydonga tushib, 107 ta gol va 177 ta golli uzatma bilan ajralib turgan.
Hozircha futbolchining kelajakdagi jamoasi noma’lumligicha qolmoqda. Kevinning ketishi «shaharliklar» uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
O'zbekiston yangiliklari Manchester SitiXosep GvardiolaKevin De Bryuynefutbolchishartnoma Futbol Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar