date
views 2 478

Terens Krouford tarixdagi eng kuchli bokschining nomini aytdi

Terens Krouford tarixdagi eng kuchli bokschining nomini aytdi
Ikki xil vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritgan amerikalik taniqli bokschi Terens Krouford, boks tarixidagi eng buyuk bokschi kim ekani haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Fikrimcha, tarixdagi eng buyuk bokschi – Floyd Meyvezer. Uning zarba berish mahorati g‘oyat kuchli edi. Floyd o‘zining professional faoliyati davrida deyarli barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan», — deydi Krouford "SecondOut" nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tish joizki, amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer professional faoliyati davomida – 1996 yildan 2017 yilga qadar bo‘lgan orada 50 marta ringga ko‘tarilib, o‘tkazgan janglarining barchasida g‘alaba qozongan va biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.

Shuningdek, mutaxassislar va muxlislar orasida ham Floyd ko‘pchilik tomonidan boks olamidagi eng buyuk sportchilardan biri sifatida e’tirof etiladi. Uning raqiblari orasida Menni Pakyao, Saul "Kanelo" Alvares, Oskar De La Xoyya kabi jahon boksi yulduzlari bo‘lgan. Meyvezer nafaqat kuchli texnikasi, balki mudofaadagi ajoyib mahoratlari bilan ham boks muxlislari yodida qolgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terens Krouford tarixdagi eng kuchli bokschining nomini aytdi