Flik: «Lamin Yamal Messi va Ronaldu darajasiga chiqishi mumkin, lekin...»

1 daqiqa o'qish9.6K
Flik: «Lamin Yamal Messi va Ronaldu darajasiga chiqishi mumkin, lekin...»
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning yosh yulduzi, 17 yoshli Lamin Yamal haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Germaniyalik mutaxassis kataloniyaliklarning asosiy tarkibida yorqin o‘yin ko‘rsatib kelayotgan futbolchi kelajakda Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu darajasiga ko‘tarilishi uchun nimalarga ahamiyat qaratishi lozimligini tushuntirib berdi.

“Agar sen yuqori saviyada o‘ynashga qodir bo‘lsang, avvalo, shu darajani saqlab qolishni ham bilishing zarur. Bitta alohida o‘yinda ajoyib ko‘rinish ko‘rsatib qo‘yishning o‘zi yetarli emas. Lamin buni juda yaxshi tushunadi va biladi”, – deya ta’kidladi Flik.

Murabbiyning qayd etishicha, yosh futbolchi faqatgina tabiiy iqtidorga tayanib qolmasligi, balki mashg‘ulotlarda jiddiy va muntazam ishlashi kerak.

“Lamin Yamal o‘zining yuqori salohiyatiga faqatgina ishonch bildirib qolmasligi kerak. U o‘z ustida ko‘proq ishlashi, o‘z mahoratlarini muntazam rivojlantirib borishi lozim. Messi va Ronaldu kabi jahon darajasidagi futbolchilar qatoriga qo‘shilishni istasa, nafaqat mehnat qilish, balki ichki xotirjamlikni ham saqlash muhimdir”, – deya tushuntirdi “Barselona” bosh murabbiyi.

Xans-Diter Flikning fikricha, Yamal hozirda yosh bo‘lishiga qaramasdan yuqori saviyada o‘ynayotganidan mamnun bo‘lish lozim, ammo bundan ortig‘iga intilish kerakligi ham unutilmasligi shart.

“Biz, albatta, Laminning yoshligidanoq yuqori saviyada harakat qilayotganidan mamnunmiz. Lekin u hozirgi holati bilan kifoyalanib qolmasligi, yanada yuqori natijalarga erishishi uchun harakat qilishi lozimligini ham tushunib turishi kerak. Uni yosh ekanligini hisobga olsak, oldida katta yo‘l turibdi va bu yo‘ldagi eng muhim narsa – tinimsiz mehnatdir”, – dedi Xans-Diter Flik.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?