date
views 253

Abduqodir Xusanov taniqli blogger Selin Dept bilan uchrashdi

Abduqodir Xusanov taniqli blogger Selin Dept bilan uchrashdi
Manchester Siti” – “Kristal Pelas” o‘yinidan so‘ng o‘zbekistonlik yosh iqtidor Abduqodir Xusanov mashhur futbol bloggeri Selin Dept bilan uchrashdi. Ushbu kutilmagan va samimiy uchrashuv ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Belgiyalik blogger Selin Dept dunyo bo‘ylab 50 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan YouTube, Instagram va TikTok platformalarida faoliyati bilan tanilgan. Uning futbol bo‘yicha chiqishlari, futbolchilar bilan intervyu va chellenjlari futbol muxlislari orasida ommalashgan.

Uchrashuv chog‘ida Selin “Manchester Siti” futbolkasini kiyib, Abduqodirdan ushbu libosga imzo qo‘yib berishini so‘radi. Xusanov esa qiziqish bilan uning so‘rovini bajardi va taniqli bloggerga yodgorlik sifatida o‘z imzosini qoldirdi.

Rasmdagi voqea “Etixad” stadioni ichida bo‘lib o‘tdi va Selinning samimiy tabassum, Abduqodirning diqqat va kamtarona qiyofasi orqali muxlislar orasida ham ijobiy kayfiyat uyg‘otdi.

Zamin.uz tahririyatidan:
O‘zbek futbolining yosh yulduzi Xusanov xalqaro futbol sahnasida nafaqat maydonda, balki futbol madaniyatining tashqarisida ham e’tibor markazida bo‘lib bormoqda. Siz ushbu uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Xusanov taniqli blogger Selin Dept bilan uchrashdi