Husanov JCH-2026ning eng qimmat markaziy himoyachilari Top-5ligida!

1 daqiqa o'qish305
Husanov JCH-2026ning eng qimmat markaziy himoyachilari Top-5ligida!
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • TransferRoom platformasi e'lon qilgan 2026 yilgi Jahon chempionatining eng qimmat markaziy himoyachilari reytingidan O'zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» vakili Abduqodir Husanov joy oldi.
  • Ayni paytda 22 yoshda bo'lgan futbolchining bozor qiymati 62,2 million yevroni tashkil etib, u kuchli beshlikni yakunladi.
  • Ushbu nufuzli ro'yxatning kuchli o'nligidan «Manchester Siti» klubining naq uch nafar vakili joy oldi.

O‘zbekiston futboli tarixida misli ko‘rilmagan voqelik davom etmoqda. Nufuzli TransferRoom platformasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan, tashkilot hisob-kitobi bo‘yicha eng qimmat transfer summasiga ega markaziy himoyachilar reytingini e’lon qildi. Quvonarlisi, milliy terma jamoamiz va «Manchester Siti» klubi vakili Abduqodir Husanov dunyoning eng sara yulduzlarini ortda qoldirib, kuchli beshlikdan joy oldi!

Atigi 22 yoshda bo‘lishiga qaramay, ingliz grandi safida ishonchli o‘yinlar ko‘rsatayotgan Husanovning ayni paytdagi bozor qiymati dahshatli 62,2 million yevroni tashkil qilmoqda.

JCH-2026ning eng qimmat 10 markaziy himoyachisi:

E’tiborli jihati, kuchli o‘nlikdan «Manchester Siti»ning naq uch nafar vakili (Gexi, Husanov, Diash) joy olgan bo‘lib, bu klubning mudofaa chizig‘i naqadar qimmatbaho va sifatli ekanidan dalolat beradi.

O‘rin

Futbolchi

Terma jamoasi

Klubi

Transfer qiymati

1

Pau Kubarsi (19 yosh)

Ispaniya

«Barselona»

118 mln €

2

Vilyam Saliba

Fransiya

«Arsenal»

90,5 mln €

3

Mark Gexi

Angliya

«Manchester Siti»

84,6 mln €

4

Villian Pacho

Ekvador

PSJ

69,5 mln €

5

Abduqodir Husanov (22 yosh)

O‘zbekiston

«Manchester Siti»

62,2 mln €

6

Luka Vushkovich

Xorvatiya

«Tottenxem»

59,8 mln €

7

Ruben Diash

Portugaliya

«Manchester Siti»

57,7 mln €

8

Gabriel Magalyayns

Braziliya

«Arsenal»

56,8 mln €

9

Dayo Upamekano

Fransiya

«Bavariya»

56,1 mln €

10

Erik Garsiya

Ispaniya

«Barselona»

55 mln €

Milliy jamoamizning Mundialdagi tarixiy yo‘li

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Vakillarimiz «K» guruhidagi debyut bahsida kuchli Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, shiddatli kurashda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Biroq oldinda guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoluvchi yana ikkita muhim bellashuv turibdi. Hamyurtlarimiz navbatdagi o‘yinlarda ushbu reytingda 7-o‘rinni egallab turgan Ruben Diash yetakchiligidagi Portugaliya hamda Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalari bilan kuch sinashadilar.

Abduqodir Husanovning bunday yuqori e’tirof etilishi nafaqat futbolchining o‘ziga, balki butun terma jamoamizga Jahon chempionati o‘yinlarida qo‘shimcha kuch va katta ishonch bag‘ishlashi shubhasiz!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?