
UFC'ning yengil vazn (70 kg) toifasidagi sobiq chempioni Charlz Oliveyra bo‘lajak muhim jang haqida ilk fikrlarini bildirdi. Uning raqibi – chempionlik kamari vakant bo‘lgan jangda qudratli raqiblardan biri, Iliya Topuriya bo‘ladi.
Braziliyalik mahoratli fayter “Full Violence” podkastida shunday degan:
“Bu – ajoyib to‘qnashuv! Iliya juda kuchli jangchi. Lekin muxlislar mening qanday imkoniyatlarga ega ekanimni yaxshi bilishadi. Bu men uchun katta sinov va yangi tarix yaratish imkoni. Bir narsani eslab qoling: men Topuriyani nokautga uchrataman!”
Muxlislar kutgan ushbu jang 29 iyun kuni “UFC 317” turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Unda vakant chempionilik kamari uchun urushiladi.
Oliveyra va Topuriya o‘rtasidagi jang faqat UFC muxlislarini emas, balki butun jang olamini hayajonga solmoqda. Har ikki sportchi ham hozirgi kunning eng yuqori darajadagi ustalaridan biri sanaladi. Braziliyalik Oliveyraning bugungi da’vosi esa jang oldidan intrigani yanada kuchaytirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar