
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan Karate WKF bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati – "CAKF Championships-2025" musobaqasida ishtirok etmoqda. Terma jamoamiz tarkibi o‘smirlar, yoshlar va kattalar toifasidagi atletlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, musobaqada jami 45 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Musobaqaning birinchi kunidanoq vakillarimiz ajoyib natijalarni qayd etishdi. O‘zbekistonlik sportchilar dastlabki kun yakuniga ko‘ra 3 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi va shu tariqa jami 8 ta medalni o‘z hisoblariga yozishdi.
Sportchilarimizning bu natijalari yurtdoshlarimiz tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Musobaqaning keyingi kunlarida ham terma jamoamiz o‘z yutuqlarini yanada ko‘paytirishiga umid bildirilmoqda.
Markaziy Osiyo chempionati mintaqadagi eng nufuzli karate musobaqalaridan biri bo‘lib, unda Osiyo mintaqasidan ko‘plab tajribali va yosh sportchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar. O‘zbekistonlik sportchilarning ushbu musobaqadagi dastlabki yutuqlari jamoamizning kelgusi kunlarda yanada yuqori marralarni egallash imkoniyatlarini yana bir bor tasdiqladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar