date

Abduqodir Husanov “Siti”da qoldi — Gvardiola unga suyanadi

Abduqodir Husanov “Siti”da qoldi — Gvardiola unga suyanadi
“Manchester Siti”da yangi davr boshlanmoqda. Jamoa katta yutuqlarga erishgan, sinovli va sovrinli yillarni ortida qoldirgan murabbiy Xosep Gvardiola endi tarkibni yangilashga qat’iy bel bog‘lagan. Bu — klubning “qayta tug‘ilishi” bosqichidir.

O‘tgan mavsumdagi sovrinsizlik “Siti” uchun jiddiy signal bo‘ldi. Murabbiy bu inqirozdan chiqish yo‘lini yosh iste’dodlarga ishonishda ko‘rdi. Yanvardayoq klub uch nafar iqtidorli himoyachi — Abduqodir Husanov, Vitor Reys va Juma Bani bilan shartnoma imzoladi.

E’tiborlisi, shuncha klublardan kelgan takliflarga qaramasdan, Gvardiola o‘zbek futbolchisi Abduqodir Husanovni jamoada qoldirishga qaror qildi. Fransiyaning “Lion” klubi shartnoma asosida Husanovni vaqtincha ijaraga olishni xohlagan, ammo murabbiy bu taklifni qat’iy rad etdi.

“Abduqodir — kelajakda emas, hozirda ham jamoamizning muhim qismi. Unga suyanaman”, — deyishgan Gvardiola atrofidagi manbalar.

Ustoz murabbiy yosh himoyachini yangi mavsum uchun asosiy tarkibda ko‘rishni istayapti. “Siti” bu transferni joriy yilning 20 yanvar kuni 40 million yevroga amalga oshirgandi. Husanov debyutidayoq jamoaga moslashdi, APL, Angliya Kubogi va YECHLda jami 9 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Apreldan boshlab esa Husanov asosiy tarkibdan chetlatildi. Sabab — “Lans” klubiga to‘lanishi kerak bo‘lgan 5 million yevrolik bonus. Kelishuvga ko‘ra, agar Abduqodir 10 o‘yinda qatnashsa, “Siti” bonus to‘lashi kerak edi. Shu boisdan, u maydonga tushirilmadi. Bu holat ko‘plab sport jurnalistlari va muxlislar tanqidiga sabab bo‘ldi.

Xulosa shuki, Husanov hozirgi kunda “Manchester Siti”ning kelajak himoyasi uchun asosiy poydevorlardan biri sifatida qaralyapti. Uning yonida Vitor Reys va “sog‘” qolsa, tajribali Ruben Dias, Yoshko Gvardiol, Natan Ake, Jon Stounz, Manuel Akanji kabi yulduzlar bo‘ladi.

Gvardiolaning qarorlari hamisha kelajakka yo‘naltirilgan. Va endi barcha o‘zbekistonlik muxlislar “Siti”ning yorqin kelajagida Abduqodir Husanov asosiy rolda bo‘lishiga umid bilan qaraydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov “Siti”da qoldi — Gvardiola unga suyanadi