date

Mahmud Muradov yana uylanmoqchi: Chexiyalik model roziligini bildirdi

Mahmud Muradov yana uylanmoqchi: Chexiyalik model roziligini bildirdi
Mashhur o‘zbekistonlik MMA jangchisi, sobiq UFC va hozirgi Oktagon MMA ligasining o‘rta vazn toifasida vaqtinchalik chempion hisoblangan Mahmud Muradov shaxsiy hayotida yana muhim qadam tashladi. U Chexiyadagi mashhur modellardan biri — Sabina Karaskovaga rasman turmush qurish taklifini bildirdi.

Muradov va Karaskova o‘rtasidagi munosabatlar bir necha vaqtdan beri ijtimoiy tarmoqlar orqali ham kuzatib borilmoqda edi. Juftlikning birgalikdagi suratlari va samimiy videolari muxlislar tomonidan iliq qarshi olingan. Nihoyat, ushbu munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

Sabina Karaskova Instagram'dagi shaxsiy sahifasida turmush qurish taklifiga «ha» deganini bildiradigan post joyladi. Qo‘lida uzuk bilan tushgan surat va tagdagi izoh uning roziligini tasdiqlaydi.

Ma’lumot uchun, Mahmud Muradov avval ham chexiyalik ayol bilan turmush qurgan va bu nikohdan bir nafar qiz farzandi bor. Demak, bu jangchi sportdagi muvaffaqiyatlaridan tashqari, shaxsiy hayotida ham yana bir marotaba baxt izlamoqda.

Muradovning muxlislari va sport jamoatchiligi unga baxt va muvaffaqiyat tilamoqda. Uning faoliyatidagi professional yondashuvi va shaxsiy hayotidagi samimiyligi uni nafaqat jang maydonlarida, balki inson sifatida ham qadrli qilib kelmoqda.

Zamin.uz bu yangi sahifada Mahmudga baxt va mustahkam oilaviy hayot tilab qoladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Muradov yana uylanmoqchi: Chexiyalik model roziligini bildirdi