
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-17) bosh murabbiyi Islombek Ismoilov yaqinda “Neftchi” klubi tizimida rasman faoliyat boshladi. U endi klubning yoshlar tarkibida, aniqrog‘i, U-21 jamoasi bilan ish olib boradi.
Mazkur yangilik futbol jamoatchiligida qiziqish uyg‘otdi, shu bois murabbiyning o‘zi bilan bog‘lanib, batafsil izoh so‘radik. Ismoilov fikricha, yangi lavozim uning U-17 terma jamoasidagi vazifalariga mutlaqo to‘sqinlik qilmaydi.
– “Neftchi” klubiga Farg‘ona viloyati hokimining shaxsiy taklifi bilan keldim, – deydi mutaxassis. – Ikkinchi davradan boshlab U-21 jamoasi bilan ish boshlayman. Bu qarorni qabul qilishimdan avval terma jamoa bilan bog‘liq mas’uliyatlarimni inobatga oldim. Oldimizda Jahon chempionati singari muhim musobaqa bor. Klub rahbariyati ham buni yaxshi tushunib, menga erkinlik berdi. Ular faoliyatimni qo‘llab-quvvatladi.
Uning ta’kidlashicha, ikki frontda ishlash orqali u yoshlar bilan ishlashda yanada katta tajriba orttirmoqchi va ikki tomonlama rivoj uchun harakat qilmoqda.
Ma’lumki, Ismoilov rahbarligidagi U-17 termasi so‘nggi vaqtlarda juda ko‘p maqtovlarga sazovor bo‘lmoqda. Jamoa texnik jihatdan ham, ruhiy tayyorgarlik nuqtayi nazaridan ham ko‘zga tashlanmoqda. Shunday ekan, murabbiyning parallel ravishda klub tizimida ishlashi uning termadagi vazifalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli yo‘qligi ishonch bilan aytilmoqda.
Muxlislar esa ushbu tajribali murabbiyning “Neftchi” kabi an’anaviy klubda faoliyat yuritishini ijobiy baholashmoqda. Qolaversa, U-21 jamoasida ishlash uning termadagi ishlariga ham ma’lum ma’noda foyda keltirishi mumkin. Chunki yoshlar o‘rtasidagi iste’dodlarni ilgari surish va ularning salohiyatini ochish murabbiyning asosiy vazifalaridan biridir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar