«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino ingliz klubidagi faoliyati borasida gapirib o‘tdi. Uning fikricha, jamoada ishlay boshlaganidan buyon Lui van Gaal qurgan o‘yin uslubini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan.
«Meni faqat jamoamiz qanday o‘ynayotgani o‘ylantiradi. Keling, o‘yinimizga ishonchni saqlab qolamiz, biz yaxshi natijalar qayd etish uchun harakat qilmoqdamiz. Ko‘ramiz, buning oxiri qanday yakun toparkan. Men bu erda aniq irsiy omillar va aniq o‘yin uslubi evaziga kelajak qurgani ishlamoqdaman. Bu mening ish faoliyatimdagi asosiy jihat, lekin yana boshqacha jihatlar ham mavjud.
Ko‘pchilik natijalar, maqsadlar va vazifalarga bog‘liq ravishda ish olib boradi. Men esa o‘zimdan ko‘p narsani talab qilaman. Birga ishlaydigan odamlarimdan, futbolchilardan ham shunday ko‘p narsa talab qilaman. Jamoa ham mendan ko‘p narsa talab qilishi yoqadi. Shunday ekan, bu jihatdan faqatgina qoniqish hosil qilishni istamayman. Men ko‘proq narsani xohlayman.
Hozirgi o‘yinimizda himoyamiz ancha oldinda joylashmoqda. Markaziy himoyachilar butun hudud bo‘ylab himoyalanmoqda.
Fubolda o‘yin uslublari turlicha. Biz aynan o‘z uslubimizni yaratishga harakat qilayapmiz. Menda hech qachon bugungidek to‘p bilan ko‘p muomala qiladigan jamoa bo‘lmagan. Hech qachon to‘p bilan ko‘p muomalada bo‘lib, o‘yinni nazorat qiladigan bugungidek jamoaga ega bo‘lmaganman. Hech bir jamoam ilgari hozirgidek ko‘p vaziyatlar yarata olmagan. Agar biz yuqori sanagan barcha ustunliklarimizni saqlab qolsak va darvoza oldida hamda himoyalanishda biroz pragmatik futbol namoyish eta boshlasak, o‘shanda biz juda va juda yaxshi jamoaga aylanamiz», — deya Mourinodan iqtibos keltiradi Goal.com internet-nashri. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Raqamli dalillarni sudga taqdim etish tartibi tasdiqlandi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi