Jervonta Devis zo‘ravonlik aybi bilan qamaldi

Jervonta Devis zo‘ravonlik aybi bilan qamaldi
Yengil vaznda jahon chempioni hisoblangan amerikalik bokschi Jervonta Devis (30-0-1, 28 nokaut) Florida shtatida hibsga olindi.

Unga maishiy zo‘ravonlik sodir etgani bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Qo‘yilgan ayblov yuzasidan garov puli miqdori keyinroq ma’lum qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, Jervonta joriy yilning 16 avgustida Las-Vegas shahrida Lamont Rouchga qarshi revansh jangini o‘tkazishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil may oyida Baltimor shahridagi sud uni 2020 yil noyabridagi yo‘l-transport hodisasi uchun uch yillik sinov muddati, 90 kun uy qamog‘i va 200 soat majburiy jamoat ishlariga hukm qilgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar