
Ma’lumki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasini avvalroq qo‘lga kiritgan. Bu esa jamoa kelajagiga oid qiziqarli ehtimollar paydo qilmoqda.
"Championat.asia" manbasining yozishicha, O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Germaniya terma jamoasini 2014 yili Jahon chempioniga aylantirgan mashhur mutaxassis Yoaxim Lyov bilan aloqa o‘rnatgan. Hozirda mutaxassis bilan muzokaralar olib borilayotgani aytilmoqda.
65 yoshli Lyov o‘z vaqtida Germaniya termasini muvaffaqiyatli boshqarib, 2014 yili Braziliyadagi mundialda chempionlikka yetaklagan edi. O‘sha yilning o‘zida u FIFA tomonidan dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.
Shuningdek, u 2021 yil mart oyida Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan va shundan beri hech bir jamoani boshqarmagan.
Endi esa u bu safar O‘zbekiston orqali katta futbolga yana qaytish ehtimoli bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar