
AQSHning Las-Vegas shahrida joylashgan MGM Arena majmuasida PBC promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks kechasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Kechaning asosiy to‘qnashuvi yarim o‘rta vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. Unda Amerika vakili, WBC yo‘nalishi chempioni Mario Barrios hamda turli vazn toifalarida jahon chempioni bo‘lgan, 46 yoshli afsonaviy filippinlik bokschi Menni Pakyao o‘zaro to‘qnashdi.
12 raundlik jangda ikki jangchi ham oxirigacha kurashdi. Hakamlar baholashiga ko‘ra, jang durang bilan yakunlandi. Ularning biri 115:113 hisobida Barriosga ustunlik bergan bo‘lsa, qolgan ikkisi 114:114 tenglikni qayd etdi.
Shu natijada, chempionlik kamari Mario Barriosda qoladigan bo‘ldi.
Mazkur durang Menni Pakyaoning professional faoliyatidagi 73-jangi bo‘lib, u uchun uchinchi durang hisoblanadi. Uning umumiy natijasi: 62 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 3 durang.
30 yoshli Mario Barriosning natijasi esa 29 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 2 durangni tashkil etmoqda.
Qiziqarli tomoni shundaki, ushbu vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun majburiy da’vogar sifatida qayd etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar