date

Superturnirga yo‘l: Javohir Sindarov katta finalda ishtirok etadi

Superturnirga yo‘l: Javohir Sindarov katta finalda ishtirok etadi

O‘zbekiston shaxmat sportchi Javohir Sindarovning yangi zafarini katta mamnuniyat bilan qarshi olmoqda. Saralash bosqichlarida kuchli raqiblar bilan bahslashgan Javohir EWC finaliga yo‘llanma oldi. Endi u superturnirda, 1,5 million dollarlik mukofot jamg‘armasi uchun kurashda, Nodirbek Abdusattorov va dunyoning eng nufuzli shaxmatchilaridan biri Magnus Karlsen bilan bir safga chiqadi.

Sindarov uchun yo‘l oson kechmadi. Saralashning hal qiluvchi bosqichida u amerikalik mashhur shaxmatchi Hans Niyemannga qarshi ogohlik va iroda bilan to‘liq kurash olib bordi. Eng jiddiy bahs — armageddonda Javohir o‘z ustunligini namoyon qildi va g‘alaba qozondi. Bu natija nafaqat shaxsiy, balki mamlakatimiz shaxmat tarixi uchun ham katta ahamiyatga ega.

29 iyul kuni Saudiya Arabistonining Riyod shahrida start oladigan superturnirda endi O‘zbekistonning ikki eng yuqori reytingli shaxmatchisi — Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov birgalikda ishtirok etadi. Bu yirik musobaqa nafaqat katta mukofot jamg‘armasi, balki dunyo e’tiborini jalb qilgan intellektual maydon hisoblanadi.

O‘zbekiston shaxmat jamoasi va ishqibozlari mazkur muvaffaqiyatni katta quvonch bilan kutib olmoqda. Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorovga asosiy finalda omad va g‘alaba tilaymiz. Yangi tarixiy sahifalar yozilishiga barchamiz umid bildiramiz!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superturnirga yo‘l: Javohir Sindarov katta finalda ishtirok etadi