3 avgust tongida, Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da Las-Vegas shahrida “UFC on ESPN 71” turniri bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy to‘qnashuvida yaponiyalik Tatsuro Tayra va janubiy koreyalik Yun Sun Pak o‘zaro ringga chiqishadi.
Turnir arafasida o‘tkazilgan vazn o‘lchash marosimida bir nechta jangchilar me’yoriy chegaradan oshib ketgani aniqlandi. Xususan, Treshin Gor belgilangan vazndan 1,59 kg ortiq vazn to‘plagani sababli o‘z gonorarining 25 foizini raqibiga berishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, Rafael Estevam ham me’yordan oshib ketgani uchun xuddi shunday jarimaga tortiladi.
Quyida vazn o‘lchash natijalari keltirilgan:
Asosiy janglar:
- Tatsuro Tayra (57.15 kg) — Yun Sun Pak (57.15 kg)
- Kris Dunkan (70.76 kg) — Mateush Rebetski (70.53 kg)
- Elvis Brener (70.53 kg) — Esteban Ribovich (70.53 kg)
- Nora Kornoll (61.69 kg) — Karol Rosa (61.69 kg)
- Nil Megni (77.34 kg) — Elizeu Zaleski dos Santos (77.56 kg)
- Denni Silva (65.54 kg) — Kevin Valexos (66.22 kg)
Prelim janglar:
- Natan Fletcher (61.46 kg) — Rinya Nakamura (61.69 kg)
- Treshin Gor (85.96 kg)* — Rodolfo Viyeyra (83.91 kg)
- Nik Klyayn (84.37 kg) — Andrey Pulyayev (84.14 kg)
- Felipe Bunes (56.7 kg) — Rafael Estevam (58.97 kg)**
- Pera Rodriges (52.62 kg) — Ketlin Souza (52.62 kg)
- Ostin Bashi (66 kg) — Jon Yannis (66 kg)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar