Taylandning Bangkok shahrida 30 iyuldan 12 avgustga qadar yoshlar va 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kirdi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Ayni paytda, milliy terma jamoamiz tarkibidagi 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar ham o‘zlariga biriktirilgan vazn toifalarida jadal harakat boshlagan. Kunning muhim bahslari quyidagicha belgilangan:
— 48 kg vaznda Robiya Baxtiyorova Filippin nomidan ringga chiqadigan Ofelia Magno bilan kuch sinashadi.
— 51 kg vazn toifasida Gulsevar Ganiyevaga Hindiston bokschisi Devika Gorpade raqib bo‘ladi.
— 57 kg kategoriyada Xumorabonu Mamajonova Qozog‘iston vakili Viktoriya Baidukovaga qarshi bahs olib boradi.
— 50 kgda Behruz Xoldorov Hindistonlik Vishvanat Sureshga qarshi ringga chiqadi.
— 55 kg vaznda Samandar Olimov Qozog‘istonlik Beksultan Boranbek bilan to‘qnashadi.
— 60 kg toifasida Shoxrux Abdumalikov Nepallik Indra Sunar bilan kuch sinashadi.
— 65 kg vaznda Sayat Ilyasov Xitoy sportchisi Ming Chenga qarshi bahs olib boradi.
— 70 kg vaznda Muhammadazizbek Ismoilov Janubiy Koreya vakili Gyubin Park bilan kurashadi.
Bugungi bahslarda terma jamoamizning har bir vakili katta tayyorgarlik va intizom bilan ringga chiqishga bel bog‘lagan. Bokschilarimiz uchun Osiyo chempionati nafaqat sport karyerasidagi navbatdagi bosqich, balki milliy sharafni yanada yuksakka ko‘tarish uchun qimmatli imkoniyat hamdir.
Muxlislarimiz esa ushbu musobaqada yosh sportchilarimizning fidoyiligi, matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini katta qiziqish bilan kuzatmoqda. Yangi chempionlar safi kengayishini va milliy boksimiz yuksak natijalar qayd etishini intiqlik bilan kutamiz.
Yosh bokschilarimiz Osiyo chempionatida yangi sinovni boshladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar