date

Vinisius va Mbappe Rodrigoni saqlab qolishni so‘rashdi

Vinisius va Mbappe Rodrigoni saqlab qolishni so‘rashdi

Madridning "Real" klubi braziliyalik hujumchi Rodrigoni jamoada olib qolishdan manfaatdor.

TBR Football yozishicha, Kilian Mbappe va Vinisius Junior klub rahbariyatidan Rodrigoni joriy transfer oynasida sotmaslikni qat’iy ravishda iltimos qilishgan. Shu paytga qadar Angliya premer-ligasi jamoalari uning o‘yinlariga qiziqish bildirgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Yosh hujumchi 2019 yildan buyon "qaymoqranglilar" safida to‘p surmoqda. U Madrid jamoasi libosida 270 ta uchrashuvda maydonga tushib, 68 ta gol va 51 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Rodrigoning bozor qiymati ayni damda 90 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vinisius va Mbappe Rodrigoni saqlab qolishni so‘rashdi