27–31 avgust kunlari Bolgariyaning poytaxti Sofiya shahri dzyudo olamidagi eng yirik sport bayramiga aylanadi. Kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga dunyoning 72 davlatidan eng iqtidorli yosh sportchilar to‘planishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi ma’lum qildi.
To‘rt kun davomida yosh mahoratli dzyudochilar ham yakka tartibda, ham aralash jamoaviy bellashuvlarda tatamiga chiqib, medallar uchun kurash olib borishadi. Bu musobaqa yilning eng nufuzli turnirlaridan biri sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham bu muhim musobaqada munosib ishtirok etish maqsadida Sofiya shahriga yo‘l oldi. Yurtdoshlarimizdan iborat delegatsiyaning asosiy maqsadi — jahon chempionatida yuksak natijalar qayd etish va bayrog‘imizni baland ko‘tarish.
Yirik musobaqada ishtirok etadigan yoshlarimiz quyidagilar:
O‘g‘il bolalar tarkibi:
-50 kg: Xushnud Sultonov, Muhammadqodir Shodmonov
-55 kg: Xushnud Burxonov
-60 kg: Muhammadkarim Nosirov, Dilshod Karimov
-66 kg: Sultonbek Qo‘ldoshev
-73 kg: Sa’dulla Ravshanov
-81 kg: Inomjon Bahodirov
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov
+90 kg: Alibek Durdiyev
Qizlar tarkibi:
-40 kg: Alina Kolyucheva, Dilafruz Boltaboyeva
-44 kg: Dinora Hasanova
-48 kg: Gulmira Xolmirzayeva
-52 kg: Nigina Umrzoqova
-57 kg: Maftuna Ahmedova, Gulsanam Hazratova
-63 kg: Zuhrajon Umarova
+70 kg: Zarina Bobonazarova, Umida Nig‘matova
Ta’minotchi shtab:
Bosh murabbiy — Aurelian Chiprian
Murabbiylar — Sharofiddin Lutfullayev, Muhammadyusuf Haydarov, O‘lmas Gulliyev, Gelaniy Ozdayev, Zokirjon Sobirov
Shifokor — Gulzoda Hakimova
Ekspertlarning ta’kidlashicha, ushbu musobaqa yosh dzyudochilarning xalqaro tajribasini oshirish bilan birga, ularning katta sportdagi kelajak yo‘li uchun ham muhim sinov bo‘ladi.
Muxlislar esa Sofiyadagi tatamida yurtimiz vakillarining qaysi natijalarga erishishini katta qiziqish bilan kutmoqda.
Sofiyada katta tayyorgarlik: yosh dzyudochilar jahon chempionatida qatnashadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar