date

"Manchester Siti" muxlislari Husanovni maydonda ko‘rishni talab qilmoqda

"Manchester Siti" muxlislari Husanovni maydonda ko‘rishni talab qilmoqda

Angliya Premer-ligasining ikkinchi turida kutilmagan natija qayd etildi. “Manchester Siti” o‘z uyida “Tottenhem”ga qarshi bahsda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, muxlislarni qattiq noxush holatga soldi.

Uchrashuvdagi ikki gol ham himoya chizig‘idagi yirik xatolar oqibatida ro‘y berdi. Birinchi holatda Brennan Jonson hisobni ochganida, Jon Stounz raqib hujumchisi Rivarlisonga qarshi turib bera olmadi va yiqilib tushdi. Ikkinchi gol esa darvozabon Jeyms Traffordning noqulay pasidan so‘ng, Joau Palinya tomonidan kiritildi.

Mutaxassislar ham, oddiy muxlislar ham jamoadagi himoyachilarda tezkorlik va uyg‘unlik yetishmayotganini ta’kidlamoqda. Ko‘pchilik esa Xosep Gvardiolaning aynan tezkorligi bilan mashhur o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni zaxirada qoldirgani uchun tanqid qilmoqda.

Mashhur manba – manchestercity.news tahlilchilari ham bu masalaga e’tibor qaratdi. Ular fanatlar orasidagi kayfiyatni o‘rganib, quyidagicha xulosa chiqarishdi:

— “Siti” muxlislari anchadan buyon Abduqodir Husanovga ko‘proq o‘yin amaliyoti berish zarurligini aytmoqda. “Tottenhem”ga qarshi mag‘lubiyatdan keyin bu talab yanada kuchaydi. Yangi mavsumda u faqat “Vulverxempton”ga qarshi bahsda 8 daqiqa to‘p surdi, so‘ngra esa zaxirada qoldirildi.

Jamoa himoya chizig‘idagi sustlik muxlislarni tashvishga solmoqda. Xususan, jamoa baland himoya chizig‘ida harakat qilganda bu kamchilik aniq sezilmoqda. Shu holatda tezligi bilan alohida ajralib turadigan Abduqodir Husanovning maydonga tushirilmagani jamoatchilik orasida jiddiy bahslarga sabab bo‘ldi, – deb yozdi Juzeppe Labellarte, nashr eksperti.

Muttaxassislar fikricha, agar Gvardiola himoyadagi muammolarni bartaraf etishni istasa, unga Husanovning qaysarligi va tezkorligi katta yordam berishi mumkin. Muxlislar esa o‘z futbolchisini asosiy tarkibda ko‘rish umidida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Manchester Siti" muxlislari Husanovni maydonda ko‘rishni talab qilmoqda