CAFA Nations Cup musobaqasi "B" guruhi 2-turidan o‘rin olgan qiziqarli va keskin bellashuv yakun topdi. Hisor shahridagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Eron milliy terma jamoasi Hindiston ustidan yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mehmonlar 3:0 hisobida zafar qozondi va musobaqadagi kuchini yana bir bor isbotladi.
Uchrashuvning birinchi qismida ikki jamoa ham ehtiyotkorlik bilan harakat qildi, ammo ikkinchi bo‘limda eronlik futbolchilar ustunlikni qo‘lga olishdi. Amirhussayn Husaynzoda 59-daqiqada hisobni ochib berdi. Keyingi daqiqalarda Ali Alipur 89-daqiqada gol ursa, bellashuvning so‘nggi daqiqalarida, aniqrog‘i 90+6 daqiqada Mehdi Taremi Alirizo Jahonbaxshning a’lo darajadagi uzatmasidan keyin hisobni 3:0ga yetkazdi.
Hindiston – Eron 0:3
Gollar: Amirhussayn Husaynzoda 59', Ali Alipur 89', Mehdi Taremi (Alirizo Jahonbaxsh) 90+6'
Bellashuv tarkiblari quyidagicha bo‘ldi:
Hindiston: Gurprit Singx, Rahul Bheke, Anvar Ali, Sandesh Jingan, Muhammad Uvays, Nixil Prabxu, Suresh Singx (Jekson Singx, 54), Irfan Yadvad (Maxesh Singx, 68), Danish Faruk (Konsham Singx, 54, Jitin Madatil Subran, 68), Ashik Kuruniyan (Lallianzuala Shangte, 83), Vikram Partap Singx (Manvir Singx, 68).
Eron: Payam Niyozmand, Muhammad Amin Hazbavi (Alirizo Jahonbaxsh, 73), Hussayn Kanoni, Ruzbeh Cheshmi, Omid Nurafkon, Muhammad Nodiri (Abulfazl Jaloli, 46), Mehran Ahmadi (Ali Alipur, 46), Ramin Rizoyan, Amirhussayn Husaynzoda (Aria Yusufi, 90), Mehdi Hoshimnijod, Majid Aliyori (Mehdi Taremi, 73).
Bellashuv davomida yagona ogohlantirish Hindiston jamoasidan Ashik Kuruniyanga (24-daqiqa) berildi.
Eron termasi ushbu g‘alaba bilan guruhdagi yetakchilik uchun jiddiy da’vogar ekanini ko‘rsatdi. Hindiston esa ushbu mag‘lubiyatdan xulosa chiqarib, keyingi bahslarda o‘z o‘yinini yaxshilashga intiladi. CAFA Nations Cup musobaqasi muxlislarga tobora qiziqarli va hayajonli uchrashuvlar taqdim etmoqda.
Eron Hindistonni yirik hisobda mag‘lub etib, kuchini namoyish qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar