
Bugun Yaponiyada klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finali bo‘lib o‘tdi. Unda «Real» mezbon jamoa «Kashima Antlers» bilan uchrashdi. Iokogamadagi «Nissan» stadionida kechgan uchrashuv madridliklarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yin debyutida Karim Benzema «Kashima» darvozasini ishg‘ol qildi. 44-daqiqada Gaku Sibasaki uzoqdan bergan zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Sibasaki «Real» mudofaasini yorib o‘tib, darvozabonni ham dog‘da qoldirdi. O‘yinning 60-daqiqasida esa Krishtianu Ronaldu penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi - 2:2.
O‘yinning asosiy vaqtida durang hisob saqlanib qoldi va jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga taklif etildi.
98-daqiqada Benzema raqib himoyachilarini dog‘da qoldirib, to‘pni qulay vaziyatdagi Ronalduga etkazdi va portugaliyalik hujumchi o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi. 104-daqiqada esa Krishtianu ofsayd chegarasida harakat qilgan holda Toni Kroosning zarbasidan keyin darvozaga kirmasdan qaytgan to‘pga ega chiqib, uni darvozaga yo‘naltirdi - 4:2.
[media=https://youtu.be/EpfVouckdAs]
«Real» ikkinchi marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi. Bu borada «Barselona» etakchi - 3 marta.
Real Madrid – Kasima Antlers 4:2 (qo‘shimcha bo‘limlar)
Gollar: 1:0 – 9 Benzema, 1:1 – 44 Sibasaki, 1:2 – 52 Sibasaki, 2:2 – 60, penalti Ronaldu, 3:2 – 97 Ronaldu, 4:2 – 104 Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos (Nacho, 108), Modrich (Kovachich, 105), Kazemiro, Kroos, Vaskes (Isko, 81), Ronaldu (Morata, 112), Benzema.
Kasima Antlers – Sogaxata, Ueda, Yamamoto, Nisi, Sedzi, Doi (Sudzuki, 88), Endo (Ito, 103), Kanadzaki, Ogasavara (Fabrisio, 68), Nagaki (Akasaki, 114), Sibasaki. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar