CAFA Nations Cup-2025 sovrindorlari e’lon qilindi, O‘zbekiston yulduzlari porladi

1 daqiqa o'qish6.5K
CAFA Nations Cup-2025 sovrindorlari e’lon qilindi, O‘zbekiston yulduzlari porladi

Toshkent va Dushanbe shaharlarida katta qiziqish bilan o‘tgan «CAFA Nations Cup-2025» turniri o‘z yakuniga yetdi va individual sovrin egalari aniqlandi.

Turnir davomida o‘zining samarali o‘yini bilan ajralib turgan O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Igor Sergeev musobaqaning eng yaxshi to‘purari sifatida e’tirof etildi. Uning aniq zarbalari va hal qiluvchi gollari jamoaning muvaffaqiyatli chiqishiga katta hissa qo‘shdi.

Shuningdek, hal qiluvchi finalda g‘alaba goliga mualliflik qilgan Hojiakbar Alijonov eng yaxshi futbolchi sovriniga sazovor bo‘ldi. Uning maydondagi irodasi, tezkorligi va kuchli o‘yini ko‘pchilikning yuragida yorqin taassurot qoldirdi.

CAFA Nations Cup-2025 sovrindorlari e’lon qilindi, O‘zbekiston yulduzlari porladi

Darvozabonlar orasida esa eng ishonchli posbon deb Eron termasi a’zosi Saidpayyam Niyozmand topildi. U turnir davomida ko‘plab xavfli zarbalarni qaytarishga muvaffaq bo‘lib, jamoasi uchun muhim o‘yinlarni olib bordi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning finalida O‘zbekiston milliy jamoasi Eron bilan tish-tirnoqli bellashuv o‘tkazdi. Asosiy vaqt durang bilan yakunlangan bo‘lsa-da, qo‘shimcha daqiqalarda Alijonovning goli hisobni ochdi va milliy jamoamizga tarixiy g‘alaba olib keldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston musobaqa g‘olibi sifatida mamlakatimiz futbol tarixi sahifasiga yana bir yorqin sahifa qo‘shdi, sovrindor futbolchilar esa o‘z mehnatlari bilan millionlab muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?