date

Akmaljon Isroilov Ispaniyalik raqibni mag‘lub etib yarim finalga chiqdi

Akmaljon Isroilov Ispaniyalik raqibni mag‘lub etib yarim finalga chiqdi

Ma’lumki, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahri kattalar o‘rtasidagi nufuzli boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bu nufuzli musobaqada O‘zbekiston vakillari ham ringga chiqib, munosib ishtirok etishmoqda.

Shulardan biri, 85 kilogramm vazn toifasida kuch sinashayotgan hamyurtimiz Akmaljon Isroilov kechgi bahslarda ispaniyalik raqibi Rikardo Fresnedaga qarshi jang qildi. Bellashuv avvalidanoq Isroilovning ustunligi sezilib turdi. U jangni katta ishtiyoq va hech qanday orqaga chekinmasdan olib bordi. Har bir raundda raqibini bosim ostida ushlab, kuchli zarbalar bilan ustunligini ko‘rsatdi.

Yakunda hakamlar bir ovozdan qaror chiqarishdi — 5:0 hisobida g‘alaba Isroilovga nasib etdi. Shu tariqa, bokschimiz jahon chempionatining yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga yana bir qadam yaqinlashdi.

Eslatib o‘tamiz, yurtimiz nomidan yana bir iste’dodli vakil — Navbahor Hamidova ham o‘zi uchun muhim bo‘lgan jangda ringga ko‘tarilishi kutilmoqda. Uning raqibi esa Xitoy Taypeyi termasining yetakchi sportchisi Chen Niyen-Chin hisoblanadi.

O‘z navbatida, mamlakatimiz boks muxlislari Akmaljon Isroilovning yarim finalda ham shiddatli va ishonchli jang ko‘rsatishiga, qolaversa, Navbahor Hamidovaning g‘alaba qozonib finalga yo‘l olishiga katta umid bag‘ishlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Akmaljon Isroilov Ispaniyalik raqibni mag‘lub etib yarim finalga chiqdi