Gvardiola derbi oldidan "katta gapirib" qo‘ydi: u bugun maqsadiga yeta oladimi?

1 daqiqa o'qish1.9K
Gvardiola derbi oldidan "katta gapirib" qo‘ydi: u bugun maqsadiga yeta oladimi?

“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining to‘rtinchi turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi bo‘lajak derbi arafasida jamoasi haqida fikr bildirdi.

Taniqli murabbiyning ta’kidlashicha, u klubga qadam qo‘ygan kundan buyon “shaharliklar” ko‘pincha “Yunayted”dan ustun bo‘lib kelmoqda.

— Men “Siti”ga rahbar etib tayinlanganimdan beri biz deyarli har doim “Yunayted”dan kuchliroq bo‘lganmiz. So‘nggi o‘n yilning to‘qqiz yilligini hisoblasak, ko‘plab holatlarda ustunlik biz tomonda bo‘lgan. O‘zaro uchrashuvlarda esa juda ko‘p ochkolarni yig‘ib keldik, — dedi Gvardiola.

Shu bilan birga, murabbiy ehtiyotkorona munosabat bildirishdan ham charchamadi:

— Albatta, “Yunayted” bizga qarshi g‘alaba qozonishi mumkin. Bu futbol va bunday ehtimolni inkor qilib bo‘lmaydi. Biroq biz maydonga chiqib, yutqazishni maqsad qilmaymiz. Bizga ochkolar zarur, ikki mag‘lubiyatdan iborat seriyani to‘xtatish shart. Shuning uchun ham derbidan kamida g‘alaba bilan chiqish juda muhim, — deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi katta derbi 14-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

Bu uchrashuv futbol muxlislarining eng katta intizorlik bilan kutgan bahslaridan biri bo‘lishi shubhasiz.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?