date

«Paxtakor» — «Neftchi» o‘yinidagi bahsli epizodlarda hakam qarori...

«Paxtakor» — «Neftchi» o‘yinidagi bahsli epizodlarda hakam qarori...

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» — «Neftchi» uchrashuvi nafaqat maydondagi shiddatli kurash, balki hakamlar qarorlari bilan ham ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Bellashuvda bir nechta bahsli holatlar qayd etildi va ularga berilgan baholar alohida muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida «Paxtakor» jamoasi a’zosi raqib bilan to‘p uchun kurashmayotgan vaziyatda, tajovuzkor harakat qilib, «Neftchi» futbolchisining yuziga tirsak bilan zarba berdi. Bosh hakam VAR yordamida epizodni sinchiklab ko‘rib chiqdi va qonun-qoida asosida qaror qabul qilib, qoidabuzar futbolchini maydondan chiqarib yubordi. Bu holat derbi ruhini yanada kuchaytirdi.

45+10-daqiqada yana bahsli vaziyat qayd etildi. Bu safar «Neftchi» futbolchisi to‘p uchun kurash olib borgan paytda qo‘lini ko‘tarib, raqibning yuziga tegib ketdi. Epizod ko‘pchilikka noqulay ta’sir qoldirgan bo‘lsa-da, bosh hakam bu safar qo‘pollikni e’tiborsiz qoldirdi va sariq kartochka ko‘rsatmadi. Ekspertlar esa ushbu qarorni noto‘g‘ri deb baholashdi.

45-daqiqada esa jarima maydonchasi ichida yana bir muhim holat qayd etildi. «Neftchi» himoyachisi raqibiga qarshi o‘ta keskin harakat qildi. «Paxtakor» futbolchisi boshqa yo‘nalishda harakatlanayotganiga qaramasdan, raqib oyog‘ini ko‘tarib, noqonuniy harakat qildi va bu futbolchining yiqilishiga sabab bo‘ldi. Bu safar bosh hakam qoidalar asosida to‘g‘ri qaror chiqardi va «Neftchi» darvozasiga penalti belgiladi.

Shu tariqa, derbi nafaqat maydondagi otashin kurash, balki hakamlik qarorlari bilan ham muxlislar yodida qoldi. Ushbu bahsli vaziyatlar futbol muxlislari orasida uzoq vaqt muhokama qilinadi, shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» — «Neftchi» o‘yinidagi bahsli epizodlarda hakam qarori...