“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoani tajribali va ijodkor futbolchi bilan kuchaytirishni maqsad qilmoqda. Transfer News Live'ning Fichajes'ga asoslanib xabar berishicha, “qirollik klubi”ning navbatdagi nomi — “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong.
28 yoshli niderlandiyalik futbolchi amaldagi shartnomasiga ko‘ra, “Barselona”da 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha qolishi kerak. Biroq kelasi yozda u erkin agentga aylanishi mumkin. Shu sababli kataloniyaliklar uni qishdayoq sotib yuborishi manfaatliroq ko‘riladi, aks holda yarim yildan keyin futbolchini bepul yo‘qotish xavfi bor.
Transfermarkt portali de Yongning bozor qiymatini 45 million yevro deb baholagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar