«Arkadag» ustozi Muhadov: «Andijon»ga qarshi oson bahs bo‘lmaydi

1 daqiqa o'qish1.3K
«Arkadag» ustozi Muhadov: «Andijon»ga qarshi oson bahs bo‘lmaydi

Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan «Arkadag» — «Andijon» to‘qnashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda mezbonlar bosh murabbiyi Ravshan Muhadov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Avvalo, xush kelibsizlar! — deya so‘z boshladi tajribali murabbiy. — Har bir jamoa maydonga faqat ijobiy natija uchun chiqadi. Biz raqibni O‘zbekiston chempionatidagi o‘yinlari orqali puxta o‘rgandik, ularning kuchli va zaif jihatlarini tahlil qilib, shunga qarab tayyorgarlik ko‘rdik.

Muhadovning aytishicha, «Arkadag» uchun ertagagi o‘yin katta ahamiyat kasb etadi:

— Bu bahs biz uchun nafaqat sport, balki butun Turkman xalqi ishqibozlari uchun katta bayram. O‘tgan mavsumda omadli qatnashdik, rejalarimiz yuqori. Bu musobaqada hech qachon yengil raqib yo‘q. Hatto Ronalduning jamoasi ham shu turnirda ishtirok etayotganini e’tiborga olsak, har bir bahs jiddiy sinov hisoblanadi.

Mutaxassis o‘z shogirdlarining jismoniy holati haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

— Futbolchilarning funksional tayyorgarligi 100 foiz darajada. Professional futbolchi odatda 5-6 turdan so‘ng o‘z o‘yinini topib oladi. Bu yerda eng muhimi — tarkibdan to‘g‘ri foydalanish va o‘z kuchimizga ishonish. Agar o‘ziga ishonmasa, maydonga chiqishning ham ma’nosi yo‘q.

Muhadov muxlislarga ham murojaat qildi:

— Turkmanistonning barcha hududlaridan ishqibozlarni Arkadag shahriga chorlaymiz. Birinchi bahsda futbolchilar muxlislar ko‘zi o‘ngida g‘alaba qozonib, ularga shodlik ulashishni xohlaydi.

«Andijon» haqida berilgan savolga esa u ehtiyotkorona javob qaytardi:

— Albatta, ularni o‘rganganmiz. Qaysi pozitsiyalarda qaysi legionerlar harakat qilayotganini yaxshi bilamiz. Masalan, darvozaboni Qirg‘iziston milliy jamoasi safida. Jamoa juda yaxshi saviyali. Biroq hozir bu haqda ko‘p gapirmayman. Eng to‘g‘ri baho — ertangi o‘yinning o‘zi bo‘ladi, — deya Muhadov so‘zlarini yakunladi.

Ma’lumot uchun, «Arkadag» — «Andijon» uchrashuvi 17-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da start oladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?