date

“Arsenal” so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (video)

“Arsenal” so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (video)
Angliya Premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan eng muhim bahs London shahrida bo‘lib o‘tdi. “Emireyts” arenasida “Arsenal” va “Manchester Siti” jamoalari maydonga tushishdi va dramaga boy bellashuv 1:1 hisobida nihoyasiga yetdi.

Uchrashuv boshlanishi bilanoq Gvardiola shogirdlari ustunlikka erishishdi. To‘qqizinchi daqiqada Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland o‘zining jamoasi uchun hisobni ochdi. “Shaharliklar” o‘yinda tashabbusni qo‘lga olib, bir qator xavfli hujumlar uyushtirishdi. Biroq “to‘pchilar” ham javobsiz qolmadi va qanotlar orqali tezkor hujumlar bilan raqib darvozasiga xavf solishdi.

Ikkinchi taymda Arteta jamoasi maydonda faollikni oshirdi. Martinelli, Saka va Eze kabi hujumchilar zaxiradan maydonga tushib, raqib himoyasiga yanada ko‘proq bosim o‘tkazdi. Bir necha xavfli zarbalarga qaramay, “Arsenal” muxlislari uzoq vaqt davomida golni kutishga majbur bo‘lishdi.

Nihoyat, uchrashuvning 90+3-daqiqasida braziliyalik Gabriel Martinelli o‘z jamoasini mag‘lubiyatdan qutqardi. Uning kuchli va aniq zarbasi “Siti” darvozaboni Janluiji Donnarummani ojiz qoldirdi. Shu tariqa, bahs dramatik tarzda durang bilan yakunlandi.

Arsenal - Manchester Siti 1:1
Gol: Erling Xoland (9, 0:1), Martinelli (90+3, 1:1).

Arsenal: Rayya, Kalafori, Magalyaes, Saliba, Timber (Martinelli, 46), Rays, Subimendi (Moskera, 90+7), Merino (Eze, 46), Trossard, Gyokeresh, Madueke (Saka, 46).
Zaxiradagilar: Arrisabalaga, Lyuis-Skelli, Uayt, Nvaneri, Nergor.

Manchester Siti: Donnarumma, Gvardiol, Diash, Husanov (Nunesh, 46), O'Rayli (Stounz, 87), Rodri, Reynders, Foden (Ake, 68), Silva, Doku (Savino, 87), Xoland (Gonsales, 76).
Zaxiradagilar: Trafford, Lyuis, Bobb, Mukasa.

Ogohlantirish: Bernardu Silva (36), Donnarumma (77).

Bu natija orqali “Arsenal” va “Manchester Siti” bittadan ochkoga ega bo‘lishdi. Har ikki jamoa ham chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida o‘z maqsadlari sari yo‘l olishda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Arsenal” so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (video)