date

Arteta Gvardiolaga qarshi o‘yinlarda yangi rekord o‘rnatdi

Arteta Gvardiolaga qarshi o‘yinlarda yangi rekord o‘rnatdi

Angliya Premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan markaziy bahs Londondagi «Emireyts» stadionida o‘tdi. Unda «Arsenal» o‘z maydonida amaldagӣ chempion «Manchester Siti»ni qabul qildi va keskin kurashlarga boy to‘qnashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Ushbu natija Mikel Arteta uchun muhim tarixiy marra bo‘ldi. Ispan mutaxassisi Pep Gvardiolaning jamoasiga qarshi APL doirasida ketma-ket beshta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan ilk murabbiyga aylandi. Shu davr ichida «to‘pchilar» «Siti» ustidan ikki marta g‘alaba qozonib, yana uch marotaba durang qayd etishdi.

Gvardiolaning «Arsenal»ga qarshi oxirgi yirik zafari 2023-yilning aprel oyiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda «Siti» «Etihad»da raqibini 4:1 hisobida taslim etgan edi. Shundan buyon ikki jamoa o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda «kanonirlar»ning tobora kuchayib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Arteta va Gvardiola murabbiy sifatida hozirgacha 15 marta yuzma-yuz kelgan. Ularning 8 tasida Pepning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 4 uchrashuvda Arteta g‘alaba qozongan. Yana 3 marta bellashuv muvozanat bilan yakun topgan.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, bu seriya «Arsenal»ning chempionlik yo‘lidagi jiddiy imkoniyatlaridan biri sifatida qaralmoqda. Chunki oxirgi mavsumlarda «Siti»ga qarshi o‘yinlarda ko‘pincha maglubiyatga uchrab kelgan «kanonirlar» endi raqobatga tayyor ekanini namoyish etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arteta Gvardiolaga qarshi o‘yinlarda yangi rekord o‘rnatdi