Avstraliyalik UFC jangchisi Jek Della Maddalena rossiyalik Islom Maxachevga qarshi kurash oldidan o‘z niyatlarini ochiq bayon qildi. Uning fikricha, bu jang nafaqat o‘zi uchun, balki butun oktagon olami uchun katta sinov bo‘ladi.
“Islom — juda kuchli raqib. Uni dunyodagi eng zo‘r jangchilardan biri sifatida baholayman. Oldimizda besh raundlik og‘ir chempionlik jang turibdi. Shu sababli men barcha jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘ryapman. Niyatim aniq — Maxachevni nokaut orqali mag‘lub etish. Eng maqbul variant — jangni muddatidan oldin yakunlash. Agar buni amalga oshirsam, “Medison Skver Garden”dagi atmosfera portlaydi”, — dedi yarim o‘rta vazn chempioni “Submission Radio” YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Jek Della Maddalena va Islom Maxachev o‘rtasidagi kutilgan to‘qnashuv 16-noyabr kuni “UFC 322” turniri doirasida tashkil etiladi. Ushbu jang butun dunyodagi UFC ixlosmandlari tomonidan qiziqish bilan kuzatilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!