date

Joze Mourino: «Bu mag‘lubiyat jamoaga turtki berishi mumkin»

Joze Mourino: «Bu mag‘lubiyat jamoaga turtki berishi mumkin»

Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida London shahri katta bahsga mezbonlik qildi. Yaqinda «Benfika» klubini qabul qilib olgan mashhur murabbiy Joze Mourino shogirdlari «Chelsi»ga qarshi kuch sinashishdi. Uchrashuv keskin va dramatik o‘tdi, ammo yakunni belgilagan yagona to‘p portugaliyaliklar darvozasiga o‘z o‘yinchisi Riosning noaniq harakati orqali kiritildi. 18-daqiqada qayd etilgan avtogol lissabonliklar taqdirini hal qildi — 0:1.
Mourino mag‘lubiyat haqida
Bahsdan keyingi matbuot anjumanida Mourino jamoaning vaziyati, qisqa vaqtda ko‘p o‘yin o‘tkazish muammosi va o‘yinchilarning holati haqida to‘xtalib o‘tdi:
«Biz ikki kun farqi bilan ketma-ket to‘rtta bahs o‘tkazdik. Hech qanday to‘liq mashg‘ulotlar olib borish imkoni bo‘lmadi, faqat tiklanish mashqlari bilan cheklandik. Mening kuchli tomonlarimdan biri maydonda ishlash va mashg‘ulot jarayonlariga e’tibor qaratirishdir, lekin bu gal unga vaqt topilmadi».
«Mag‘lubiyat turlicha bo‘ladi»
Mourinoning ta’kidlashicha, yutqazish har doim alamli, ammo ba’zan bu futbolchilar uchun ijobiy turtki sifatida xizmat qilishi mumkin:
«Mag‘lubiyat har doim mag‘lubiyatligicha qoladi. Biroq ularning ham turlari bor. Bugungi bahs jamoaga turtki bo‘lishi mumkin. Chunki o‘yinda barqarorlik bor edi. Durang natijasi ham qo‘lga kiritilishi mumkin edi, bu esa ijobiy bo‘lardi».
Jamoadagi vaziyat
Mourino so‘zlariga ko‘ra, murabbiy almashishi — jamoada muammolar mavjudligini ko‘rsatadi:
«Mavsum davomida murabbiy almashishi ko‘pincha natijalar qoniqarsiz bo‘lgani uchun sodir bo‘ladi. Bizda muayyan muammolar bor va futbolchilar bunday vaziyatdan osongina chiqib keta olmaydi. Bu jarayon vaqt talab qiladi».
Keyingi bahslar
Endilikda «Benfika» muxlislari jamoaning keyingi bahsini kutishmoqda. Chempionlar Ligasi doirasida lissabonliklar 21 oktyabr kuni o‘z maydonida «Nyukasl Yunayted»ni qabul qiladi. «Chelsi» esa bir kundan keyin «Ayaks» bilan to‘qnash keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino: «Bu mag‘lubiyat jamoaga turtki berishi mumkin»