date

“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva yozda Saudiyaga yo‘l oladimi?

“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva yozda Saudiyaga yo‘l oladimi?

“Manchester Siti”ning yangi sardori Bernardu Silva joriy mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin. 31 yoshli portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026-yil 30 iyun kuni yakunlanadi va hozirdanoq uning kelajagi borasida turli taxminlar paydo bo‘lmoqda.

Ma’lumki, Xosep Gvardiola avvalroq Silva bilan xayrlashishga tayyor edi. Ammo vaqt o‘tishi bilan murabbiyning fikri keskin o‘zgardi. Endi Gvardiola klub rahbariyatidan Bernarduga uzoq muddatli shartnoma taklif etilishini xohlayapti. Uning ta’kidlashicha, Silva nafaqat yetakchi, balki maydondagi tajribasi va mas’uliyati bilan jamoa uchun muhim shaxsga aylangan.

Shu bilan birga, TalkSport nashri xabar berishicha, taraflar o‘rtasida hamkorlikni davom ettirish ehtimoli past baholanmoqda. Chunki Silva karerasining so‘nggi bosqichida ko‘proq mablag‘ topish niyatida. Shu maqsadda u Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o‘tishga jiddiy qiziqmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, arab klublari unga ulkan moliyaviy taklif tayyorlamoqda.

Bernardu Silva 2017-yildan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. U bu davr mobaynida klub bilan Angliya Premer-ligasidan tortib, Chempionlar Ligasigacha bo‘lgan barcha nufuzli musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Portugaliyalik futbolchi “shaharliklar”ning eng muhim davrlarida hal qiluvchi gollar va assistlari bilan ko‘p bora muxlislarni xursand qilgan.

Hozirda asosiy savol shunda: “Siti”ning yangi sardori Yevropa futbolida qoladimi yoki Saudiyadagi moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish yo‘lini tanlaydimi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” sardori Bernardu Silva yozda Saudiyaga yo‘l oladimi?