date

Amir Galenoi: Rossiyaga qarshi bahs biz uchun qimmatli tajriba bo‘ldi

Amir Galenoi: Rossiyaga qarshi bahs biz uchun qimmatli tajriba bo‘ldi

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir Galenoi Rossiya bilan bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvidan (2:1) so‘ng o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Murabbiyning ta’kidlashicha, bellashuv taktik jihatdan qiziqarli bo‘lgan va jamoasi Rossiyaning kuchli raqobatiga qaramay, o‘yin davomida yaxshi imkoniyatlar yaratgan.

“Taktika nuqtayi nazaridan juda qiziq o‘yin bo‘ldi. Rossiya termasini g‘alaba bilan tabriklayman. Albatta, bunday katta stadionda, o‘z muxlislari yordamida harakat qilayotgan raqibga qarshi o‘ynash oson emas. Biroq biz ham o‘z salohiyatimizni ko‘rsatdik,” — dedi Galenoi.

Eron ustoziga ko‘ra, ikkinchi bo‘limda jamoa faolroq harakat qilgan va bir necha bor hisobni tenglashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

“Tanaffusdan keyin jamoamizning o‘yini ancha faollashdi. Bir nechta gol urish imkoniyatlari bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Afsuski, o‘yin oxirida ikkinchi golni ham o‘tkazib yubordik,” — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Amir Galenoi shu bilan birga ushbu bellashuvni jahon chempionati oldidan katta tajriba sifatida baholadi.

“Natija biz kutgandek bo‘lmadi, ammo bu o‘yin bizga katta saboq bo‘ldi. Jahon chempionati oldidan kuchli raqibga qarshi o‘ynash orqali ko‘p narsa o‘rgandik. Bu tajriba biz uchun juda qimmatli,” — dedi u so‘zini yakunlab.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsida mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amir Galenoi: Rossiyaga qarshi bahs biz uchun qimmatli tajriba bo‘ldi