Jahon chempionati saralashining F guruhidan o‘rin olgan Portugaliya – Irlandiya uchrashuvi Lissabondagi “Joze Alvalade” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:0 hisobida portugallarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gol 90+1 daqiqada Ruben Nevesh tomonidan kiritildi. Ammo o‘yinda yana bir muhim voqea qayd etildi – 75-daqiqada Krishtianu Ronaldu penalti tepdi, ammo uni golga aylantira olmadi. Irlandiya darvozaboni Ronalduning zarbasini qaytarib, jamoani o‘yinda saqlab qoldi, ammo oxirgi daqiqalarda Neveshning zarbasi ularni mag‘lubiyatdan asray olmadi.
Statistikada Portugaliyaning ustunligi yaqqol ko‘rindi:
• 30 ta zarba (6 tasi nishonga)
• 70% to‘p nazorati
• 674 pas va 91% aniqlik
• 9 ta burchak zarbasi
Irlandiya esa faqat 2 marta zarba berdi, pas aniqligi 76% bo‘ldi va 5 ta sariq kartochka oldi.
G‘alaba natijasida Portugaliya 3ta o‘yinda 9 ochko to‘plab, F guruhida peshqadamlikni mustahkamladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!