date

O‘zbekiston U-16 Yaponiya U-17ga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston U-16 Yaponiya U-17ga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Yaponiya U-17ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuvda hisobni yaponiyaliklar ochdi — 29-daqiqada Koke Nagasoe o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida o‘zbekistonliklar harakatni kuchaytirdi va 47-daqiqada Lazizbek Abdurahimov aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Biroq bu natija uzoq saqlanmadi — “qunchiqar yurt” yoshlari 73 va 90-daqiqalarda Chimeziekai Ezemuokve hamda Kyoya Tatsunov urgan gollar orqali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Bellashuv davomida o‘zbekistonlik futbolchilar yaxshi harakat va intizom namoyon etdi, ammo raqibning tezkor hujumlariga bardosh berish qiyin kechdi.

Qayd etish kerak, jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi o‘yin 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Murabbiylar shtabining aytishicha, mazkur bahsda tarkibda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston U-16 — Yaponiya U-17 1:3
Gollar: Lazizbek Abdurahimov (47) — Koke Nagasoe (29), Chimeziekai Ezemuokve (73), Kyoya Tatsunov (90).

O‘zbekiston tarkibi: Olim Shomurodov, Mashhurbek Abdusoliyev, Adiz Abdunabiev, Muhammad Mamatov, Farrux Hayitmurodov, Lazizbek Abdurahimov, Mirkomil Murodov, Mirjamol Anvarov (s), Muhammadodilxon Orifxonov, Ahrorbek Ravshanbekov, Abubakir Rahimov.

Zahiradagilar: Dolskiy, Ibragimov, Olimov, Urokov, Rahimov S., Ravshanov, Sindarov, Erkinov, Sadırjonov, Qosimjonov, Aliyev, Juravlyov, Qarshiyev.

Murabbiylar shtabi keyingi bahsda natijani yaxshilash va hujumda samaradorlikni oshirishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-16 Yaponiya U-17ga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi